Lorde® Gyal (Lorde hyal)
LORDE® Gyal – ingalyatsiya uchun mo’ljallangan mukolitik bo’lib, tarkibida faqat tabiiy ingredientlar mavjud: 3% natriy xlorid eritmasi va gialuron kislotasi.
3% natriy xlorid eritmasining ingalyatsiyasi balg’amni tez suyultirish va chiqarilishiga yordam beradi, gialuron kislotasi og’riqli yo’talga sabab bo’luvchi ta’sirlangan shilliq qavatlarni namlab, tinchlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
LORDE® Gyal ronxit, bronxiolit, surunkali obstruktiv o’pka kasalligi va boshqa nafas olish tizimi kasalliklarida qo’llaniladi.
LORDE® Gyal ingalyatsiyasini burun va burun yondosh bo’shliqlari kasalliklarida ham qo’llash mumkin. Giperosmotik ta’siri orqali LORDE® Gyal shilliq qavatning shishishini kamaytiradi va to’plangan shilliqni suyultiradi, shu bilan burun orqali nafas olishni osonlashtiradi. Gialuron kislotasi o’zining namlovchi va tiklovchi ta’siridan tashqari, allergik rinit kabi kasalliklarda profilaktik ta’sir ko’rsatib, antigenlarning (allergen va mikroorganizmlarning) shilliq qavatga yopishishini oldini oladi.
Tarkibi:
1 ml eritma tarkibiga quyidagilar kiradi:
- Natriy gialuronat 1,0 mg;
- Natriy xlorid 30,0 mg.

Chiqarish shakli
Sotish bozorlari
O'zbekiston